1-SENTYABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIK KUNI!

1-SENTYABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIK KUNI!

Hurmatli yurtdoshlar!

Ars Inform jamoasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etadi!

Mustaqillik — xalqimizning erkin va farovon hayot sari intilishi, milliy qadriyatlarimiz, tinchlik va bunyodkorlik ramzidir. Bugungi kunda yurtimiz taraqqiyoti va hayotimizning ajralmas qismiga aylangan zamonaviy texnologiyalar esa insonlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlab, yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Ars Inform sifatida biz ham ishonchli internet orqali insonlarni bir-biriga, bilim va imkoniyatlarga yanada yaqinlashtirishga o‘z hissamizni qo‘shib kelayotganimizdan mamnunmiz. 🌐

Ushbu ulug‘ ayyomda har bir xonadonga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka, sog‘lik va farovonlik tilaymiz.

Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz hayoti tinch va osoyishta, O‘zbekistonimizning kelajagi yanada porloq bo‘lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿

Hurmat bilan,

Ars Inform jamoasi