8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan tabriklaymiz

8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan tabriklaymiz

Hurmatli abonentlar va hamkorlar!

Sizlarni 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Konstitutsiya davlatimizning siyosiy, ijtimoiy va huquqiy asoslarini belgilab beruvchi eng muhim hujjat bo‘lib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi. Ushbu qutlug‘ sana mamlakatimizda qonun ustuvorligi, barqarorlik va taraqqiyot tamoyillarining mustahkamlanishida alohida ahamiyatga ega.

Ars Inform jamoasi sifatli, barqaror va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish orqali aholiga hamda tashkilotlarga qulay shart-sharoit yaratishga intiladi. Bizga bildirayotgan ishonchingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusida ham samarali hamkorlik davom etishiga ishonamiz.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, tinchlik, farovonlik va faoliyatingizda muvaffaqiyat tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!