Rejalashtirilgan texnik ishlar haqida xabarnoma

Rejalashtirilgan texnik ishlar haqida xabarnoma

2026-yil 7-fevral kuni soat 00:00 dan 06:00 gacha AO «PAYNET» infratuzilmasida rejalashtirilgan texnik ishlar sababli to‘lov xizmatlarida vaqtinchalik cheklovlar yuzaga kelishi mumkin.

Hurmatli abonentlar va hamkorlar!

Hamkorimiz AO “PAYNET” tomonidan infratuzilma doirasida rejalashtirilgan texnik ishlar o‘tkazilishi munosabati bilan, quyidagi vaqt oralig‘ida ayrim to‘lov xizmatlarida vaqtinchalik cheklovlar yuzaga kelishi mumkin.

🗓 Sana: 2026-yil 7-fevral
Vaqt: 00:00 dan 06:00 gacha

Mazkur davr mobaynida PAYNET orqali amalga oshiriladigan to‘lov amaliyotlari cheklangan holda ishlashi yoki vaqtincha mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Keltirilishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Hurmat bilan,
Ars Inform jamoasi