Ars Inform jamoasi sizni Qurbon Hayiti bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etadi!
Assalomu alaykum, hurmatli mijozlar va hamkorlar!
“Ars Inform” jamoasi nomidan sizni ulug‘ va muborak bayram — Qurbon Hayiti bilan chin dildan tabriklaymiz!
Bu muqaddas kunlar barcha musulmonlar uchun mehr-oqibat, saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik timsoli bo‘lib, qalblarimizni poklaydi, yaqinlarimizni yanada birlashtiradi.
Qurbon Hayit insonni sabr, fidoyilik va mehr bilan tarbiyalaydi. Ushbu bayramni qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar, do‘stlar davrasida, iliq kayfiyatda o‘tkazishingizni, xonadonlaringizda tinchlik, sog‘lik-salomatlik va farovonlik bo‘lishini tilaymiz.
“Ars Inform” kompaniyasi sifatli va barqaror internet xizmatlari orqali hayotingizni qulayroq, ishlaringizni samaraliroq qilishga doimo intiladi. Bayram kunlarida ham siz uchun xizmatda bo‘lib, ulkan ishonchingizni qadrlaymiz.
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz orasida mehr-oqibat va totuvlik hukm sursin!
Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!
Hurmat bilan,
“Ars Inform” internet provayderi jamoasi